“Yoshlar bog‘i” foydalanishga topshirildi

Date:

Termiz shahridagi sobiq Bobur bog‘i qachonlardir odamlar bilan gavjum go‘sha bo‘lgandir, ammo keyinchalik qarovsiz va e’tibordan chetda qolib kelayotgan edi. Yoshlarning tashabbusi va taklifini qo‘llab-quvvatlagan holda ushbu bog‘ negizida “Yoshlar bog‘i” barpo etish ishlari boshlab yuborilgan edi.


O‘tgan qisqa fursat ichida bog‘da e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Mo‘jazgina “Book” kafe qad rostlagan bo‘lsa, amfiteatr va kinoteatrlar bu yerga kelguvchilarning vaqtini maroqli o‘tkazishga, estetik ruh, ma’naviy xordiq chiqarishlariga yordam beradi. Bog‘dagi veloyo‘lak esa velosipedda sayr qilish uchun ayni muddao. Qolaversa, turli hajmdagi favvoralar, attraksionlar, o‘yin maydonlari va boshqalarni o‘z ichiga olgan “Yoshlar bog‘i” foydalanishga topshirildi.


Bog‘ning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, voha ahli va yoshlarini yana bir yangi bog‘ning ochilishi bilan samimiy qutladi. Viloyat rahbari yoshlar uchun zamonaviy ko‘ngilochar va madaniy xordiq chiqaradigan, sevimli ma’naviyat maskaniga aylanadigan mazkur bog‘da aholining ham dam olishi, bolajonlarning zavqlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilganligini e’tirof etib o‘tdi.
Bog‘ning ochilish marosimidan so‘ng bir guruh voha nuroniylari bayram dasturxoniga taklif etildi. Tadbir yakunida yurt tinchligi va osoyishtaligi, vohada olib borilayotgan xayrli ishlar rivojini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun