Yangi qiyofa kasb etib…

Date:

E’tirof etish kerakki, Prezidentimizning topshiriqlari bilan Termiz shahridagi 37 ta mahallaning har biriga 2 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilib, keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mahallalar yanada chiroy ochib, xalqning birdamligi, ahilligi yanada sezildi. Ko‘chalar obod bo‘lib, daraxtu gul ko‘chatlari ekish bilan birga mahalla guzarlari yangicha ko‘rinish kasb etdi. Yangi bino va inshootlar qad rostladi. Bir so‘z bilan aytganda, Termiz shahri yangi qiyofa va zamonaviy ko‘rinish kasb etdi.


Xususan, Termiz shahridagi “O‘zbekiston” mahallasi hududida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Boshqaruv servis kompaniyasi binosi, bolalar o‘yingohlari, kutubxona va tikuv sexi foydalanishga topshirilishi katta bayram tantanalariga ulanib ketdi. Mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mahalla ahlini yangilanishlar bilan qutladi hamda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida faollik ko‘rsatganlarga viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun