Qulay va tejamkor

Date:

Quyosh panellarining qulay va tejamkor ekanini bilgan fuqarolar o‘z xonadonlarida energiya tejovchi texnologiyalarni o‘rnatishni boshlab yuborishgan. Bu bilan nafaqat tekin elektr energiyasidan foydalanishmoqda, balki ortiqcha energiyasini sotib, daromad ham ko‘rishayotir.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil yakuniga qadar Muzrabot tumanining o‘zida 79 nafar tadbirkorlik subyektlarining bino-inshootlarida quvvati 1.6 Mvt (megavatt) ga teng bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatishni rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar tumanda ham mahallalar kesimida qo‘yosh panellari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, tuman hokimligi binosida ham qo‘yosh paneli o‘rnatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun