Yoshlar foydalanishi uchun…

Date:

Kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganish mumkin. Kitob dunyoqarash, ma’naviyatimizning yanada boyishiga xizmat qiladi. Shu sababdan ham mutolaaga qiziqtiruvchi tadbirlar, kechalar uyushtirilib kelinayotir. Albatta, kitob bilan kitobning farqi bor. Buning farqini kitobxon yaxshi ajrata olishi kerak. Bandixon tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga qarashli Ma’naviyat maskani uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 10 million so‘m mablag‘ ajratilib, sovg‘a qilingan 103 turdagi 500 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyoti kitoblar jamlanmasidagi kitoblarni varaqlab, bir bora bo‘lsa ham o‘qib ko‘rgan kitobxon ana shu farqni yaqqol sezadi.
Tadbirda tuman hokimi A.Allamuradov, tegishli soha vakillari va yoshlar ishtirok etdi. Insonning kamolotga yetish omili, hayotda erishadigan yutuqlari bosh sababchisi astoydil kitob o‘qish ekanligi yoshlarga uqtirildi. Suhbat yakunida endilikda o‘quvchilar tumandagi Ma’naviyat maskanidagi mavjud barcha o‘zbek va jahon adabiyotlaridan bemalol foydalanishlari ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...

 “Ikkinchi imkon” — yangi yo‘l ochadi

Prezidentning yoshlar bilan muloqotida jazoni ijro etish muassasalarida jazo...

Ta’lim tizimining “Qalqon”i bo‘ladi

Vazirlik nizomiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “Qalqon” patrullari...

Hashar – birdamlik timsoli

Yurtimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom...
KunTun
KunTun