Zarautsoydagi ochiq dars

Date:

Ekologik madaniyatni oshirish, insonni tabiatga, tiriklika mehr-muhabbatini oshirishni bolalikdan boshlamoq lozim. Ana shundagina ko‘zlagan maqsadga yetish, ekologik muammolar ustida bosh qotirmaslik mumkin. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi tashabbusi bilan Angor tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Surxon” davlat qo‘riqxonasi hududidagi “Zarautsoy” tarixiy manzilgohiga ekskursiya tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilarga “Surxon” davlat qo‘riqxonasining noyob tabiati, hayvonot va nabotot olami, qo‘riqxona hududida mavjud tarixiy yodgorliklar haqida ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, “Zarautsoy” qoyatosh suratlari o‘quvchilar e’tiborini tortdi, qiziqishlarini oshirdi. Shu yerning o‘zida tashkil etilgan “ochiq dars” esa o‘quvchi-yoshlar xotirasida uzoq muddat saqlanib qolsa, ajab emas. Dars davomida savol-javoblar bilimlarni yanada oshirishga xizmat qildi.
Aytish kerakki, qo‘riqxona hududidagi “Zarautsoy” darasidagi kamar va ungir toshlarga ishlangan rasmlar O‘zbekiston hududidagi eng qadimiy ibtidoiy san’atning noyob namunasi sifatida jahonga tanilgan. Bundan 108 yil muqaddam Ko‘hitang tog‘ining yon bag‘ridan topilgan nodir asarlar o‘tgan yillarda chet ellik va mahalliy taniqli qadimshunos olimlar tomonidan atroflicha o‘rganilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun