Jinoyatchilikning oldini olish maqsadida…

Date:

Jinoyat haqida gap ketganda, birinchi navbatda, uning sabablari o‘rganiladi. Muammoning tub ildiziga yetib borib, uni bartaraf etish choralarini izlaymiz. Bugungi kunda eng ko‘p uchrayotgan jinoyatchilik, ularni kimlar tomonidan sodir etilayotganini hisobga olish, shu jihatlardan kelib chiqqan holda oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Shu maqsadda Muzrabot tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda tumanning 2-sektor hamda 3-sektor binolarida Boysun tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda tuman hokimligi va tumanning “Kosiblar” mahallasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Ayollar jinoyatchiligi hamda radikallashuvining oldini olishga qaratilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda har bir sohada ayollarning o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tadbir davomida Konstitutsiyamizning 31 yilligi munosabati bilan bevosita bosh qomus darajasida belgilangan xotin-qizlar huquqlari va aloqador boshqa qonun hujjatlari bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun