O‘zbekiston Afg‘onistondagi temiryo‘lni ta’mirlab beradi

Date:

Temir yo‘l har bir davlatning savdo, iqtisodiy aloqalarini mustahkomlovchi, mahsulot tashuvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ana shunday maqsadga yurtimizni Afg‘oniston orqali Pokiston bilan savdo aloqalarini mustahkamlovchi temir yo‘l qurilishi boshlangan edi. Ushbu sohada o‘zbek va afg‘on davlatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ishlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va Afg‘oniston temiryo‘l shirkatlari rahbarlari Hayraton – Naibobod – Mozori Sharif temiryo‘lining bir qismini ta’mirlash haqida kelishib oldi. 2023-yilning 8-noyabr kuni Afg‘onistonning Balx viloyati Hayraton shahrida «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev va Afg‘oniston temiryo‘llari boshqarmasi boshlig‘i Baxt-ar-Rahmon Sharafat o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Temiryo‘lning Hayraton – Naibobod – Mozori-Sharif qismini rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muzokaralarda ikkala tomon ham ushbu uchastkani rivojlantirish va modernizatsiya qilishdan manfaatdorligini bildirgan. Tomonlar «O‘zbekiston temiryo‘llari» mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladigan Hayraton – Naibobod – Mozori-Sharif uchastkasida qurilish ishlarini boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Oldingi sahifaZakovati sinovdan o‘tdi
Keyingi sahifaMuammo hal etildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun