“Ma’rifat ulashib”

Date:

O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova qadam ranjida qilgan davralar, sahnalarda tomoshabin sukutda qoladi, aktrisaning so‘zlariga, chorlovlariga, yonib-kuyib, kuyinib aytganlariga mahliyo bo‘ladi. El ardog‘ida, e’tiborida bo‘lgan insonlarning gap-so‘zlari, samimiy tilaklariga, albatta, inonamiz, ergashamiz.
Boysun tumanida ham xonadonlar eshigini qoqib, kirib borgan Gavhar Zokirova qatori bir guruh elimiz suygan san’atkorlarni ko‘rgan bemorlaru, ularning yaqinlari hayratlanishdi. Mehmonlar bilan samimiy suhbatlashib, ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarildi. Keksa va nuroniylarimiz, bemorlarimizning taniga tetiklik yugurib, shirin so‘z kuchiga tan berishdi.
Ha aytgancha, mehmonlar quruq qo‘l bilan kelishmadi, har bir xonadonga ma’rifat ulashib, kitoblar tuhfa qilishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun