HUKM

Date:

Bir kishi bozordan ot sotib olibdi. Ammo, hech bir qusuri yo‘q, deb sotilgan ot uyga keltirilgach, xastaligi bilinibdi. Sabrsizlik bilan tong otishini kutgan kishi saharda otni olib, qozining oldiga jo‘nabdi. Biroq qozi xizmat joyida yo‘q ekan.
“Mayli, bugun bo‘lmasa, erta ham bor” debdi ot sotib olgan xaridor. Ammo, ertasi kuni saharda qozinikiga boraman deb otxonaga kirsa, ot o‘lib yotganmish. Nochor qolgan ot sohibi shu alfozda qozinikiga yuguribdi. Voqeani bayon qilib, ot sotgan odamni chaqirishni, masalani odillik bilan hal etishni so‘rabdi.
— Hech kimni chaqirish kerak emas, — debdi qozi, — Siz birinchi bor kelganingizda men ish joyimda bo‘lsam edi, balki ishni sizning foydangizga hal qilardim. Siz otni egasiga topshirib, pulingizni qaytarib olardingiz. Hodisaning bu shaklda yakun topishiga faqat men aybdorman. Demak, zararni men to‘lashim kerak.
Shu gapni aytib, qozi ichkariga kirib ketibdi va otning pulini olib chiqib, da’vogarga tutqazibdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun