Har qarichdan…

Date:

Zar qadrini zargar bilganidek, yer qadrini fermeru dehqonchalik biladigan topilmasa kerak. Ularning boy tajribasi sabab bir qarich yer ham ekin-tikinsiz qolmaydi, unumli foydalaniladi. Bog‘bonlarimiz bog‘ yaratdik bo‘ldi deb emas, balki bog‘ qator oralida ham ekin ekib, nihol ko‘kartirishadi, mo‘l hosil olib, mo‘may daromad ko‘rishadi.
Shu jihatdan Qiziriq tumani hokimi Sh.Rajabov topshirig‘i bilan bog‘dorchilik va uzumchilikkka ixtisoslashgan xo‘jaliklar tomonidan bog‘ qator oralariga to‘qsonbosti ekinlari ekish bo‘yicha ishlar ayni qizg‘in pallada. Mazkur ishlarni tashkil etishda tumanda o‘tkazib kelinayotgan “To‘qsonbosti ekinlar ekish, bog‘ qator oralaridan samarali foydalanishni tashkil etish” bo‘yicha amaliy seminarlar yordam bermoqda. Natijada, yerdan yil davomida bir necha marotaba hosil olish, har bir ekinning o‘z vaqtida ekish va undan daromad olish dehqonlarimizning maqsadiga aylangan.
Hozirgi kunda ekilmagan maydonlarda to‘qsonbosti ekinlarini ekish va boshqa agrotexnik ishlar bajarilmoqda.

Oldingi sahifaTabiat — rassomlar nigohida
Keyingi sahifaHUKM

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun