Denovlik o‘quvchilar Malayziyada

Date:

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida “SPELLING BEE” xalqaro ingliz tili olimpiadasi o‘tkazilayotir. Ikkinchi tilni mukammal o‘rgangan, o‘z ona tilidek so‘zlasha oladigan darajaga yetgan yoshlarni bir makonda jam etgan olimpiada bilimlarni sinashda eng yaxshi mardimaydon vazifasini o‘tamoqda.
Ishtirokchilar ingliz tilidan so‘z boyligi, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz va talqin qilish, imloviy xatoga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan og‘zaki va yozma ravishda bellashdi. Olimpiadaning asosiy maqsadi ham “O‘qib muvaffaqiyat qozonish”, ya’ni o‘quvchilarning ingliz tilida o‘rganayotgan asosiy so‘z boyligi, lug‘ati, so‘zlashi va fikrlash qobiliyatini kuchaytirish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Unda Denov tumanidagi 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bir guruh o‘quvchi-yoshlari ishtirok etib, final bosqichiga qadar yetib borgani quvonarli hol. Surxon yoshlari yaxshi natija ko‘rsatib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Oldingi sahifaHUKM
Keyingi sahifaShaffoflikni ta’minlash maqsadida…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun