Subsidiya ajratiladi

Date:

Avvallari qamoqdan chiqqan odam ish izlasa, qamalib chiqqani vaji bilan ishga olinmas, jamiyatda ajratilib qo‘yilgandek, jazolangani tamg‘a bo‘lardi. Bugungi kunga kelib, bunday holatlarga chek qo‘yilgan va yurtimizda inson qadri nechog‘lik ulug‘lanayotganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar jamiyatga qo‘shilib, ularning kelgusi hayotlarida o‘z o‘rinlarini topishlari uchun imkon va imtiyozlar berilayotgani g‘amxo‘rlikning yuksak namunasi deyish mumkin.
Ana shunday imtiyozlar qonun bilan kafolatlanayotgani esa fikrimiz isbotidir. Bu boradagi ishlarning davomi sifatida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng BHMning 3 baravari (990 ming soʻm) miqdorida bir martalik subsidiya ajratilishini aytishimiz mumkin.
Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno. Shuningdek, “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatilib, tashkilotlardagi mavjud boʻsh (vakant) hamda zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Konstitutsiyaga sayohat” loyihasi taqdim etildi

Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllantirish va Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalash...

Narx barqarorligi nazoratda

Yangi yil bayrami arafasida hududlarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini sifatli...

Hasan 5 karra chempion!

Termiz davlat universiteti sport faoliyati fakulteti talabasi Hasan Xudoynazarov...

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...
KunTun
KunTun