“Jaholatga qarshi ma’rifat”

Date:

Hamma ham yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarmaydi. Bu esa ma’rifatlilikning birinchi belgisi. Ana shunday insonlar, ilm kishilari jamiyatni ham ma’rifat yo‘lidan yurishga, ezgulikka chorlasa, dunyoni jaholatdan qurqargan bo‘larmidi…
Ayni maqsadda din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Termiz tuman hokimligi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl qiyofasini namoyon etuvchi “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida mavzuga doir rasmlar tanlovi o‘tkazilib, unda tumandagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli va havaskor rassom o‘quvchilar ishtirok etishdi. Yakunda eng yaxshi deb topilgan asar mualliflari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlaridan ogoh etish maqsadida “Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlanishiga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari ham amalga oshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun