Tajriba almashish maqsadida

Date:

Har qanday ishni boshlashda, bilim bilan bir qatorda tajriba muhim. Ana shundagina ishda unum, muvaffaqiyatga erishish oson bo‘ladi. Shu jihatlarni hisobga olgan Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida faoliyat olib borayotgan bir guruh mahallalardagi hokim yordamchilari Angor tumaniga tashrif buyurdilar.
Mehmonlar Angor tumani hokimi Qosim Mardonov boshchiligida munosib kutib olindi. Shundan so‘ng, tajriba almashish ishlari boshlab yuborildi. Dastavval tumanning “Bahor” mahallasida olib borilayotgan qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlar bilan tanishildi.
Mahalliy aholining asosiy mashg‘uloti o‘z tomorqasida ekin ekib, hosil yetishtirib sotish orqasidan. Shu sabab mehmonlar xonadonlarda yetishtirilayotgan to‘qsonbosti ekinlar parvarishi bo‘yicha olib borilayotgan boy tajriba bilan tanishdilar. Xususan, Akmal Mamatmo‘minov xonadonida yetishtirilayotgan karamlarni parvarishlash borasidagi boy tajribani o‘rgandilar.
Yilning to‘rt faslida ham yerdan unumli foydalanib, mehnatdan baraka olayotgan bahorliklarning tajribasi qashqadoryolik mehmonlarga motivatsiya bergani aniq. Ular ham bu tajribani o‘z faoliyatlari davomida mahallalaridagi aholiga tadbiq qilishni maqsad qildilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun