Sog‘lom bo‘lay desang…

Date:

Sog‘lom turmush tarzi uzoq umr ko‘rish garovidir. Vitaminlarga boy taomlar bemorni tezda oyoqqa turg‘azsa, yosh organizm uchun ham foydali. Shunday ekan doimo ovqatlanish ratsioniga amal qilish lozim. Ayniqsa, farzandlarimiz bog‘cha va maktabga borar ekan, nima iste’mol qilayotganiga e’tiborli bo‘lish kerak.
Ayni jihatlarni inobatga olgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy soha ya’ni tibbiyot, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va bog‘chalar hamda oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish ishlarini to‘g‘ri tashkil etilishi yuzasidan sektorlar, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari hamda hududiy studiyalardan aloqador mas’ullar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.
Unda viloyat hokimi yosh avlodning va bemorlarning salomatligi yo‘lida eng avvalo sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yishni ta’kidladi.
— Agar shifoxonalarda taomlar talab darajasida tayyorlansa, bemorlarga oilasidagilar taom tashib yurmaydi, — deya so‘zini davom etdi viloyat rahbari.
So‘ng, Denov tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Mahmud Rasulov tuman mas’ullari ishtirokida muassasalarda sog‘lom ovqatlantirish ishlarini to‘g‘ri tashkil etilishi yuzasida mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun