G‘oliblar taqdirlandi

Date:

Sport shunday kuchki, u g‘alaba va mag‘lubiyat orasida bir qadam ekanini ko‘rsatib turadi. Mashhurlik, muvaffaqiyat pillapoyasidan esa faqat va faqat mehnatu mashaqqat bilan ko‘tarilish mumkin. Xuddi shunday o‘zbek sportchilari ham davlatimizni o‘z ustilarida tinimsiz ishlab, mahoratlarini oshiribgina butun dunyoga mashhur qilib kelmoqda. Ular xalqning g‘ururi va faxri.
Yaqindagina Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan VI Para Osiyo o‘yinlarida vohamiz sportchilarining munosib ishtiroki qalbimizni mavjlantirib yuborgani rost.
Yurtga qaytgan sportchilarni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qutlab maqsadida ular bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvga VI Para Osiyo o‘yinlari g‘oliblari Guljanoy Naimova, Feruza Ergasheva, Lobar Xurramova, Muxayyo Abdusattorova hamda Osiyo o‘yinlarining kumush medali sohibi Umida Omonovalar jam bo‘ldilar. Qolaversa, tadbirda sportchilarning murabbiylari va yaqinlari ham ishtirok etdi.
Yurtimiz sharafini jahon arenalarida munosib himoya qilib kelayotgan sportchi va
parasportchilarga viloyat hokimining esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari tantanali topshirildi. Viloyat rahbari matonat va iroda ko‘rsatayotgan parasportchilarga keyingi musobaqalarda ham omadlar tilab, ularni qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun