“Miliy qadriyatlar kuni”

Date:

Milliylik aks etgan san’atimiz, liboslarimiz bormi, hatto taomlarimiz ham qadriyatga aylangan. Ularni e’zozlaymiz, ko‘z qorachig‘imizday asrab, kelgusi avlodlarga bor bo‘yicha yetkazishga harakat qilamiz. Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakultetida mafkuraviy xurujlarga qarshi miliy gʻoya asosida birgalikda kurashish, oila, taʼlimmuassasasi va mahalla hamkorligini mustahkamlash, shu asosda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash koʻnikmasini shakllantirish maqsadida “Miliy qadriyatlar kuni” oʻtkazildi.


Ushbu kunda talabalar “Miliy qadriyatlarning eng faol targʻibotchisi” tanlovi doirasida milliylikka, o‘zlikka qaytishdi. Tanlov doirasida “Miliy libos”lar ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘zbek qizlarining egnilarida ko‘zlarni quvnatuvchi milliy liboslarimiz yal-yal tovlandi.


Miliy raqslarimizning go‘zal tarannumi esa barchaning kayfiyatini ko‘targan bo‘lsa, milliy qo‘shiqlarimizdan zavq oldik. Milliy sport turlarimiz bo‘yicha boshlangan kurash jarayonlari esa ishtirok etganga ham, tomoshabinga ham katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, miliy taomlarni tayyorlashga kirishgan pazanda qizlarning mahorati barchani lol etdi.
Qadriyatlarimiz mana shunday qadr topar ekan, hech qachon unutilmaydi.

Oldingi sahifa1-noyabrdan…
Keyingi sahifaG‘oliblar taqdirlandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun