Volontyorlik – sermazmun hayot kaliti!

Date:

Volontyorlarning ezgulikka boshlovchi harakatida mehr-oqibat, insoniylik tuyg‘ulari mujassam. Ularning qadami yetgan joyda, albatta, ko‘ngil uylari obod bo‘lib, kayfiyatlar ko‘tariladi. Ko‘pincha qo‘llari duoga ochilganlar ularning safi ko‘payib, jamiyat hayotimizda o‘rnak bo‘lishlarini tilashadi.
Ana shunday istak va tilaklarning ro‘yobi sifatida Surxondaryo volontyorlar maktabida 5-mavsum ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy hayotga befarq bo‘lmagan yuragi o‘ti va shijoati bor yoshlar bir maqsad yo‘lida birlashdi.


Do‘stona ruhda tashkil etilgan uchrashuvda volontyorlarga “Volontyor-kim?” mavzusida trening o‘tkazildi. Har taraflama qizg‘in bahs-munozaralar, unutilmas voqealar va foydali ma’lumotlarga boy bo‘lgan uchrashuvda “Ice-breaking” o‘yinlari tashkillashtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun