XORIJIY MUTAXASSISLAR JALB ETILMOQDA

Date:

Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganishga talab va ehtiyoj har doimgidan kuchaygan. Til o‘rganishda esa aynan o‘sha tilda so‘zlashuvchilar bilan muloqotda bo‘lish yaxshi natija beradi va maqsadga yetish oson. Shu jihatdan xorijiy tillarni o‘zlashtirish, ommalashtirish, o‘quvchi yoshlarning chet tillarini puxta o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida xorijiy o‘qituvchilar O‘zbekiston maktablariga jalb etilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham bugungi kunda ushbu yo‘nalishda qator sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat ta’lim-tarbiya tizimiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida yetib kelgan hindistonlik ingliz tili fani o‘qituvchisi Kandregula Ganga Bhavani Santhosh Kumari viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, Termiz shahridagi 26-maktab jamoasi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindi.
Shundan so‘ng, xorijlik pedagog o‘quvchi-yoshlar va o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashib, kelgusidagi istiqbolli rejalar borasida fikr almashdi. Endilikda xorijlik o‘qituvchi 26-maktab o‘quvchilariga ingliz tilidan saboq beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun