Munosib kutib olindi

Date:

Davlatni sportchalik hech bir soha dunyoga tanita olmaydi. Bu yo‘lda sportchilarimizning xizmati katta. Ular o‘zining sa’y-harakatlari, muvaffaqiyat va g‘alabalari bilan xalqning g‘urur-iftixoriga aylangan. Kuni kecha Tojikiston Respublikasi Xo‘jand shahrida taniqli bokschi Baxodir Aliboyev xotira turniriga bag‘ishlangan xotira turniri bo‘lib o‘tdi.
Kuchli va zabardast bokschilarni bir yerda jamlagan turnirdagi har bir raund va chiqish murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Har bir bokschi raqibiga peshvoz chiqib, munosib bellashdi. Quvonarlisi, ular orasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan voha sportchilarining ham borligi bo‘ldi. Surxondaryolik 4 nafar sportchining 2 nafari oltin, 2 nafari esa kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Ular tuman hokimligi tomonidan munosib kutib olindi va hokim o‘rinbosari Xayrulla Qosimov g‘oliblarga medallarini va estalik sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun