Kasb-hunari qo‘l keladi

Date:

Bugungi kunda maktablarda ta’lim-tarbiya bilan birga yoshlarga kasb-hunar ham o‘rgatilishi o‘zining ijobiy natijasini bermay qolmaydi, albatta. Maktabni tamomlagan yosh o‘qishni davom ettira olmadimi, ishlashi mumkin. Shunday paytda o‘rgangan kasb-hunari qo‘l keladi.
Ushbu amaliyot Angor tumanida ham viloyat hokimining topshirig‘iga asosan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlarni kasbga o‘rgatish, xususan, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Tumanda faoliyat yuritayotgan yirik korxona va tashkilotlarni kasb-hunar maktablariga biriktirish amaliyoti joriy etilgan.
Tumanning “Yangi turmush” mahallasida joylashgan 1-son kasb-hunar maktabiga “Zamin Angor kluster” MJCh biriktirilgan. Tuman hokimi Qosim Mardonov hamda klaster mas’ullari kasb-hunar maktabida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi. Ularning qiziqishlari va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Kasb-hunar maktabida MJCh uchun kerakli bo‘lgan kadrlarni tayyorlash bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun