Bepul dori bilan…

Date:

Yurtimizda ijtimoiy himoya masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, yolg‘iz, yakka keksalar qonunchilikka ko‘ra har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi. Qolaversa, sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi.
Og‘ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga esa shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib, dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi. Hali bu hamasi emas, keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari hamda davlat teatrlari va muzeylariga ular uchun chipta narxlari to‘liq qoplab berilishi ham yoshi ulug‘larga g‘amxo‘rlikning bir ko‘rinishidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun