Muammo yechib topdi

Date:

Sherobodlik Qirmiz Qulmurodovaning tikuvchilikka ishtiyoqi baland. Qo‘liga nina-ip, qaychi va mato tushdimi, undan bejirim liboslar tikishni yoqtiradi. “Tikuv mashinkam yo‘q” deb o‘tirmaydi-da, qo‘lda tikib ketaveradi. Muhimi, shu ishni udda qila olishini o‘zi uchun isbotlashga urinadi. Bu esa tikuvchilik qila olishga ishonchini oshirdi. Yurtimizda yoshlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish uchun toifalarga kiritilgan yoshlar mas’ul rahbarlarga biriktirilib, yoshlar doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanib, muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Yoshlarni o‘rganib, ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Sherobod tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi mas’ullari Qirmiz yashaydigan “Boyqishloq” MFYda ham bo‘lishib, uning ham ko‘ngliga qo‘l solishdi. Qiziqishlari, istaklari haqida so‘rashdi.
Shundan so‘ng, Qirmizga yangi tikish mashinkasi berishib, muammoga munosib yechim topishdi. Bunday qimmatli tuhfadan esa qizning boshi osmonda, u mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, endi tikuvchilik bilan shug‘ullanib, o‘zini-o‘zi band qilishini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun