Gilamdo‘zlikni ommalashtirib…

Date:

Gilam to‘qish qiziqarli jarayon, ammo hamma ham bu ishni udda qila olmaydi. Buning uchun avvalo qiziqish, so‘ng qunt va layoqat bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina dastgoh qarshisida o‘tirib, kamalak misol tovlanuvchi iplarni mahorat bilan terib, naqshlar hosil qilish, gullar chiqarish mumkin.
Ha, to‘qish davom etadi va ishingiz ko‘zga tashlanib, mehnatingizdan zavqlanasiz. Qarabsizki, yangi gilam ham tayyor holga keladi. O‘rozgul Abdumo‘minova Sho‘rchi tumanining “Xushchekka” mahallasida yashaydi. Gilam to‘qishni xush ko‘radigan ayol hovlisida o‘rmak qo‘yib, gilam to‘qishni odat qilgan.
Oyisi va momosidan o‘rgangan hunarini ardoqlab, gilamdo‘zlikni ommalashtirishga bel bog‘lagan. Kelinlari, qishloqning gilam to‘qishga qiziqqan qizlari deysizmi, barchani yoniga olib, gilam to‘qish sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Ana shunday ko‘pning yordami va ko‘magi ila 15 kunga qolmay gilamlari tayyor bo‘ladigan gilamdo‘zning qilayotgan ishidan mamnunligini kuzatasiz.
“Xushchekka” mahallasida yashovchi hunarmand ayollar qiziqish ortidan hunarli bo‘lib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishayotir.

Oldingi sahifaMarkazga tashrif
Keyingi sahifaMuammo yechib topdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limga e’tibor

Yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning bilim olishi...

Tutqanoqqa davo bor

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan...

Vatan tuyg‘usi qalblarda ulg‘ayadi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan DXX Chegara...

50 million dollarlik investitsiya

Yangi ishlab chiqarish loyihalarining hayotga tatbiq etilishi hududlarda sanoat...
KunTun
KunTun