Ham mahorat, ham san’at…

Date:

Ish unumdorligini oshirish, ko‘zlangan maqsadga yetish uchun har bir xodim reja asosida ish yuritishi lozim. Ayniqsa, buni bog‘chalardagi tarbiyachi-pedagoglar misolida ko‘radigan bo‘lsak, ularga yuklatilgan mas’uliyat va vazifa yuki bir necha karra og‘irroq. Sababi, yosh bola bilan ishlash, ularning diqqat-e’tiborini torta olish ham mahorat, ham san’atdir.
Bolaga mavzuni yetkazish uchun shunchaaki hikoya qilib bera olmaysiz, buning uchun obrazga kirish, rol ijro etish, pedagogik metodlardan, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish lozim. Ana shundagina bola nimadir o‘rganishi, tinglashi mumkin. Xo‘sh, barcha tarbiyachilar ham ana shunay ishlayaptimi? Ayni savollarga javob topish maqsadida maktabgacha taʼlim agentligi direktori o‘rinbosari O.Raxmatillayev Surxondaryo viloyatining maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim va tarbiya jarayonlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida Аngor, Sherobod, Muzrabod va Qiziriq tumanlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati, xususan o‘quv-metodik vositalar, didaktik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlarning holati, ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalar berildi va ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga MTTlarga ajratilgan didaktik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar joylargacha o‘z vaqtida yetkazilishi bilan tanishdi.
Shuningdek, ushbu tarqatma materiallarni “Ilk qadam” davlat dasturi asosida foydalanishi yuzasidan ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.

Oldingi sahifaMuammo yechib topdi
Keyingi sahifaQizlar e’tirof etildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun