Shartli ravishda…

Date:

Sud adolatni qaror toptiradigan minbardir. So‘nggi vaqtlarda sayyor sudlar ham tashkil etilmoqdaki, sud ko‘pning eshituvi bilan adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilib, hukm chiqarilishiga zamin yaratilayotir. Sherobod tumanida ham probatsiya hisobida turgan shaxslar uchun ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sudda insonparvarlik tamoyiliga tayanib, Sherobod tuman Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi hisobida turib, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq rioya qilgan hamda o‘zining xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 4 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari o‘tayotgan jazolaridan shartli ravishda ozod qilindi.
Ishtirokchilarga qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar borasida ma’ruzalar qilinib, mahkumlarning fikr va mulohazalari tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun