Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yuborildi

Date:

Qo‘shni davlat Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila va uning talafotlaridan xabardormiz. Albatta, jafokash afg‘on xalqi sinovli kunlarni boshidan kechirayotir. Bu holatga esa qo‘shni o‘zbek xalqi, davlati jim qarab turmadi, balki insonparvarlik yordami yubordi.
Insonparvarlik yordami O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligida yetkazildi. Aytish joizki, yuborilgan yordam yuki tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari: un, bug‘doy, yog‘, makaron, go‘sht mahsulotlari, guruch, shakar; chodir va odeyallar, shuningdek birlamchi tibbiy yordam uchun zaruriy barcha vositalar mavjud.
Yordam yuki My Freighter aviakompaniyasining Boeing-747 yuk samolyotida Hirot shahriga yetkazib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun