Talabalik davrim mening…

Date:

Bugungi kunda har bir yoshning azaliy orzusi, shubhiz, talaba bo‘lishdir. Albatta, yaxshi niyat yaxshi, ammo talaba bo‘lishning ham o‘z badali bor. Ya’ni, ma’rifat koshonalarini zabt etishni ko‘zlagan har qanday yosh avvalo tinimsiz o‘qib-o‘rganishi, ustozlar va ota-onaning o‘gitlariga og‘ishmay amal qilishi zarur. Afsuski, bugungi axborot asrida yoshlarni ilm-fanga, mutolaaga qiziqtirish qiyin. Negaki, aksariyat yoshlarning asosiy vaqti virtual olamda o‘tishini nazarda tutsak, ularni bu “bandlik”dan “uzib” olishning o‘zi bo‘lmaydi. Tan olish kerak, internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlar yoshlarni ommaviy ravishda o‘ziga qaram qilib olgan. Negaki, zamonaviy mobil telefon va ijtimoiy tarmoqlarsiz ularning hayotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo, shunga qaramasdan, ilm-fan sirlarini egallash uchun tinmasdan o‘qib-o‘rganayotgan yoshlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. O‘zimdan misol qiladigan bo‘lsam, 2019-yilda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lm maktabini a’lo baholarga tamomlab, 2022-yilda Jizzax viloyati yuridik texnikumini imtiyozli diplom asosida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi Qaroriga muvofiq Termiz davlat universitetining yuridik fakultetiga suhbat asosida eng yuqori natijalar bilan 2-kursga qabul qilindim.
Bu singari yutuqlarga erishishimda, albatta, ustozlarimning beminnat hissasi bor. Ustozlar o‘gitidan og‘ishmay chin dildan sa’y-harakat qilinsa, har qanday cho‘qqini ham zabt etsa bo‘ladi. Faqat bu borada astoydil jiddu jahd qilish talab etiladi. Ayni paytda universitetdagi ustozlarim va ota-onamdan minnatdorman.

O‘g‘iloy SAYITQULOVA,
TerDU talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun