Ustozlar sharaflandi

Date:

Ustoz haqida gap ketsa, birinchi bor qo‘limizdan tutib, yozishni o‘rgatib, harf tanitgan muhtaram zot yodimizga tushadi. Ha, bizni komillik sari yetaklovchi ustozlarimizning biz shogirdlariga zahmatli mehnati singgan. 1-oktyabr kuni “Ustoz va murabbiylar” kuni sifatida esa yurtimizda ustoz va murabbiylar ulug‘lanadi. Sana munosabati bilan Bandixon tumanidagi “Shukrona” tantanalar saroyida o‘qituvchilar va faxriy ustozlar sharaflandi.


Tadbirda Bandixon tumani hokimi A.Allamuradov ishtirok etib, o‘qituvchilarga bayram tabrigini yo‘lladi. Shundan so‘ng, tumanda mehnat qilayotgan faxriy ustozlar, o‘qituvchilar tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan hamda 2023-yilda o‘qishga kirishda reytinggi yuqori bo‘lgan maktab direktorlariga 4 million so‘mlik vaucherlar taqdirlandi.


Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi estrada xonandalari kuy va qo‘shiqlar ijro etishib, xushkayfiyat ulashishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun