Muzrabotda sholi pishib yetildi

Date:

Muzrabot tumanida Amudaryo qirg‘oqlaridagi 20,1 ming gektar yer maydoni yangidan o‘zlashtirilib, sholi ekilganidan xabardormiz. “SCT cluster sholi” MChJ tomonidan yerni o‘zlashtirib, yerga urug‘ qadab, hosil olgunga qadar bo‘lgan muddat oson kechmadi. Soha mehnatkashlarining qunt va ixlosi bilan ekilgan sholi pishib yetildi.
Ayni paytda esa sholini o‘rim-yig‘im ishlari uchun tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborilgan. Qayd etish lozimki, “SCT cluster sholi” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida joriy yilning o‘zida 18 ming tonna sholi yetishtirish, 9 ming 900 tonna guruch tayyorlash, 2024-yilda mos ravishda 30 ming tonna sholi, 15 ming 410 tonna guruch ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun