Surxondaryolik hunarmandlar g‘oliblar qatorida

Date:

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tganidan xabardormiz. Ushbu nufuzlu festivalda 70 dan ziyod mamlakatdan 260 nafardan ortiq mohir hunarmand ishtirok etib, festivalning yopilish tadbirida g‘olib va sovrindorlarga pul mukofotlari hamda diplomlar topshirildi.
Albatta, surondaryolik mohir va qo‘li gul hunarmandlarimiz ham quruqqo‘l bilan qaytishmadi. Xizmatlari e’tiborga tushdi va e’tirof etildi. Xususan, Surxondaryo viloyati vakillari Maftuna Azizova (Boysun tumani) 25 metrlik gilam uchun “Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni, Nilufar Gulboyeva (Qumqo‘rg‘on tumani) “Eng yosh hunarmand” nominatsiyasida, Iqlima Toshboyeva (Sho‘rchi tumani) “Eng yaxshi kashtachi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun