Bo‘sh turgan obyektlardan…

Date:

Tadbirkor yangi loyihani amaliyotga tatbiq etib, ish boshlashi uchun eng avvalo, munosib bino tanlashi yoki qurilish qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa vaqt, sarmoya talab qiladi. Xolbuki, aynan tadbiror ish boshlaydigan hududda bo‘sh turgan obyektlar bo‘lsa, nega endi ulardan ayni maqsadlarda foydalanmaslik kerak? Surxondaryo viloyati rahbari Qiziriq tumani “Rabotak” mahallasidagi “Qiziriq Agroservis MTP 2017” MChJga qarashli bo‘sh turgan “Qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlash MMTP” binosi bilan tanishar ekan ayni masalaga e’tibor qaratdi. 1,5 gektar maydonda joylashgan bino va inshootlar auktsion savdolaridan qimmat baholanganligi sababli qaytgan.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mavjud bino va inshootlar hamda texnikalardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdimotlari bilan tanishdi hamda mas’ullar bilan maqbul narxlarda, investitsiya shartlari asosida auksion savdolariga chiqarish masalalarini muhokama qildi. Hududda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ish o‘rinlari yaratish shartlari asosida investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....

Hamkorlik yangi bosqichda

Bugungi globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni...

Tajriba va tarbiya maktabi

Termiz shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...
KunTun
KunTun