Xotin-qizlar va bolalar huquqlari yanada takomillashtirildi

Date:

Maktab yoshidagi qizlarning yo‘qolib qolishi yoki zo‘ravonlikka uchrayotgani afsuski haqiqat. Qolaversa, ayollarning oilada tazyiq ostida qolayotgani, himoya orderi bilan himoyalanayotganidan ham xabardormiz. Bu ham yetmagandek, bunday holatlar jabrlanuvchilarning oila a’zolari, tanigan-bilgan kimsalar tomonidan sodir etilayotgani ayanchli.
Shu bois joriy yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur hujjat va unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar xususida esa Termiz tuman Ichki ishlari bo‘limi hamda tumani hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida Termiz mahallasidagi 28-, 35-sonli umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazildi.
Unda mahalladagi faxriy onaxonlar, o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Yuqoridagi holatlarning kelib chiqishi, sabab va oqibatlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Yurtimizda bu borada amalga oshirilgan ishlar, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar haqida aytib o‘tildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun