Surxon hunarmandlari xalqaro festivalda…

Date:

Shu kunlarda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivaliga mezbonlik qilayotir. Vodiyga mehmon bo‘lganlar ushbu festival tomoshasisiz ortiga qaytishmasa kerak. Aks holda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan hunarmandlarning mehnatlari mevasi bo‘lmish hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmasining tomoshasidan mosuvo bo‘lishadi-da.


Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan zavq-shavqqa to‘lishi, inson qo‘li bilan yaratilgan buyumlarga mahliyo bo‘lishi, tahsinlar o‘qishi aniq. Ko‘rgazmada uy-ro‘zg‘or, mehnat buyumlari, ish qurollari deysizmi, naqqoshlik ishlari, milliy liboslar, suvenir va qo‘shimcha aksesuarlar, zargarlik buyumlari deysizmi, bari badastir. Xullas, ko‘rgan ko‘z quvnatib, bu buyumlarning xaridori bo‘lishmoqda.

Ha, ana shunday ajoyib ko‘rgazmada Surxon vohaning eng usta hunarmandlari ham ishtirok etmoqda. Ular vohamizning milliy hunarmandchiligi, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan mahsulotlar, milliy kiyimlari, hunarmandchilik namunalarini namoyish etishmoqda.


Surxondaryo viloyati povilyonida milliy kuy-qo‘shiqlar, surxoncha raqs tomoshalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun