TerDUda “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etildi

Date:

Qalqon so‘zini eshitishingiz bilan sizni himoya qiladigan, qay jihatdandir qalqon bo‘ladigan qahramonlik xayolingizga keladi. Termiz davlat universitetida ham ko‘plab maqsad va vazifalarni qamrab olgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etildi. Ushbu jamoatchilik guruhiga talabalarni suhbat asosida qabul qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi. Unda universitet rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.Tolipov, profilaktika inspektori X.Mahmetov, viloyat milliy gvardiya boshqarmasi xodimi U.Obidov ishtirok etdi.
Suhbat asosida 30 nafar talaba tanlab, saralab olindi. Aytish kerakki, tanlangan qalqonlarga guruh vazifalari va majburiyatlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi. Albatta, “Qalqon” jamoatchilik guruhining vazifasi, u qanday guruh ekaniga qiziqishingiz aniq. Yaqin kunlarda aynan siz o‘qiyotgan fakultetga tashrif buyurib, o‘z faoliyatini boshlaydigan qalqonchilar o‘z maqsadini ma’lum qilib, sizni yo‘qlashi aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun