“Kinokarvon” TerDUda

Date:

3-4 kishi uchrashib qolsa, albatta, mavzu kinolarga ulanib ketadi. Har kimning o‘zbek kinosi haqida o‘z fikri, munosabati bor. Bugungi tomoshabinning saviyasini hisobga olmaydigan kino ijodkorlari esa uzoqqa bormasligi aniq.
Ha, tomoshabinni oldi-qochdi, siyqasi chiqqan, maishiydan-maishiylashib ketgan mavzular bilan ekranga mixlab bo‘lmaydi. Televizor pulti qo‘lida ekan istagan kanalidagi filmni tomosha qilishi yoki qilmasligi mumkin. Ko‘rishli, mazmunli va ta’sirchan filmlarni suratga olish esa kino ijodkorlardan izlanish, mehnat, saviya talab etadi. Xo‘sh, bugungi film va seriallarni kuzatib turib, aynan yuqoridagi ta’riflarni bera olamizmi? Buning sababini har kim turlicha tushuntirishi mumkin. Ammo, haqiqatdan qochib qutilib bo‘lmaydi.


“Yangi Oʻzbekistonning yangi kinolari” oyligi doirasida talabalar kayfiyatini koʻtarish, ular bilan suhbatlashish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda milliy kinomatografiyamiz haqida fikr almashish maqsadida elimiz suygan sanʼatkorlar Termiz davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Va yuqoridagi savollarga javob izlandi. Aytish kerakki, suhbat samimiy va koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi. Suhbat davomida talabalar kino olamiga oid koʻplab qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Ayniqsa, tasvirga olish jarayonidagi unutilmas voqealar talabalarda qiziqish uygʻotdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun