Surxondaryoda “Kitobxonlik festivali”

Date:

Bugun bolaning qo‘liga kitob berib, mutolaaga qiziqtirib bo‘lmaydi. Balki kattalarning o‘zi ibrat bo‘lishi lozim. Ana shundagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Surxondaryo viloyat Barkamol avlod bolalar maktabida tashkil etilgan “Eng kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida farzandlariga o‘zlarining kitobxonligi bilan ibrat va namuna bo‘lgan oilalar ishtirok etdi.
Aytish kerakki, badiiy adabiyotlardan tuzilgan savollar, ularga berilgan javoblar, fikr-mulohazalarni tinglash har bir tomoshabinga o‘sha asarni o‘qishga qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, ajab emas. Sababi, ishtirokchilar asarlarni tahlil qilib berishar ekan, o‘zlarining his-hayajonga to‘la taassurotlarini ham yashirmadilar. Asosiysi bildirilgan fikrlar chuqur o‘ylab, mushohada qilinganligi bilan qimmatli bo‘ldi.
Tanlovda Termiz tumanidan ishtirok etgan Alimovlar oilasi 3-, sariosiyolik Xolnazarovlar oilasi 2-o‘ringa munosib ko‘rildi. Muzrabotlik Shomurodovlar oilasi esa eng ko‘p asarlar o‘qigani, mazmunli fikrlari, boy dunyoqarashi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi va tanlovning keyingi bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar “Kitobxonlik festivali”da taqdirlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun