E’tirofga sazovor tadbirkor

Date:

Shahar va tumanlarimiz kundan-kunga chiroy ochib, osmono‘par binolarning qad rostlayotgani ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. Ayniqsa, ana shu binolarning nafaqat dizayni, tashqi fasadi zamonaviy ko‘rinish kasb etgan, balki ichki tomondan shinam, qulayligi bilan ham xaridorgir. Ana shunday zamonaviy binolar, ko‘p qavatli uylarni qurib bitkazib, xalqimizning uzoq yillar mobaynida foydalanishlari uchun yelib yugurayotgan, sarmoya tikayotgan tadbirkorlarimizning xizmatini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. “Shargʻun Bunyodkori” ixtisoslashtirilgan ta’mirlash qurilish korxonasi rahbari A’zam Ishonqulov ham ana shunday quruvchi-me’mor bo‘lib, xalq ishonchi va ihlosini qozongan tadbirkorlardan.


Sariosiyo Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tadbirkor A’zam Ishonqulov bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda, tadbirkor va quruvchi ishtirokchilarga milliy iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirish, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga koʻtarish, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, ish oʻrinlari yaratish, aholi farovonligini ta’milash borasida oʻz faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida batafsil soʻzladi. Kamtarona mehnatlari uchun yurtboshimiz tomonidan “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganligi uchun Prezidentimizga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Uchrashuvdan so‘ng, A.Ishonqulov tomonidan tumanning Lutfkor mahallasida qad rostlayotgan “Yangi O‘zbekiston massivi”da qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi ishlari hamda Anorzor mahallasidagi qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Anorzor” kichik sanoat zonasida tashkil etilgan rotband quruq qorishmalari ishlab chiqarish loyihasi bilan yaqindan tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Haftalikka start berildi

Katta hayot ostonasida turgan yoshlar oliy ma’lumot diplomiga ega...

Kerakli yordam ko‘rsatildi

Og‘ir xastaligi tufayli sho‘rchilik Sayram Qurbanova mahalladagi ijtimoiy xodim...

Javobgarlik bor…

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish har...

Tartib tasdiqlandi

Hukumatning 07.07.2025-yilgi qarori bilan harbiy xizmatga tanlab olish tartibi tasdiqlandi. Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari...
KunTun
KunTun