Maktab bitiruvchilarining bandligi ta’minlanadimi?

Date:

Yangi o‘quv yili boshlanib, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlar o‘qishni ham boshlab oldi. Ammo, oliygohga o‘qishga kira olmaganlarchi? Hamma ham keyingi yil omadi chopishini kutib, bilimlarini boyitish uchun qo‘shimcha darslarga qatnay olishga imkon topa olmaydi. Maktabda kasb-hunar o‘rganishgan emasmi, ular ham bir ishning boshini tutishni istaydi.
Yoshlarning istak va xohishlarini inobatga olgan holda Jarqo‘rg‘on tumani hokimligida tumandagi barcha umumta’lim maktablarini bitirgan yoshlarning bandligini ta’minlash masalasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari I.Saparov, tuman hokimi E.Avazov, tuman DXX bo‘limi boshlig‘i O.Siddiqov, tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda asosiy masala yakunlangan o‘quv yilida umumta’lim maktablarini bitirib, oliy ta’limga kirolmagan, bandligi ta’minlanmagan yoshlar bilan individual uchrashib, ularning bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Biriktirilgan mas’ullarga ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tajriba va tarbiya maktabi

Termiz shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

“Vatanimga xizmat qilaman”

Surxondaryo viloyatida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi ko‘tarinki...

Arz talabga mosmi?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 92-moddasida...

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...
KunTun
KunTun