5 nafar mahkum ozod etildi

Date:

Jinoyat jazosiz qolmaydi. Ammo, jazo aybdorning tegishli xulosani chiqarishi, afsuslanishi, ikkinchi bor bunday xatoga yo‘l qo‘ymaslgi uchun beriladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda tuman IIB Probatsiya guruhi nazorati ostida bo‘lgan shaxslar ishtirok etib, ularining pushaymon ekani, tuzalish yo‘liga o‘tgani sabab ikkinchi imkonni berish yoki bermaslik kerakligi muhokama qilindi.
Eng avvalo, sud davomida tuman IIB boshlig‘ining 6 nafar nazorat ostidagi shaxslar taqdimnomasi ko‘rib chiqildi va sud tomonidan 5 nafar nazorat ostidagi shaxs shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilindi. Afsuski, ozodlikni cheklash jazosida belgilangan tartiblarga rioya qilmaganligi sababli bir nafar nazorat ostidagi shaxsning jazosi o‘zgarishsiz qoldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun