Eng yaxshi tarbiyachi aniqandi

Date:

Eng yaxshi tarbiyachi bo‘lish oson emas. Bolaning ko‘nglidan joy olish uchun faqat shirinsuhanlikning o‘zi yetmaydi. U pedagog sifatida bolani tashqi olam bilan tanishtirishi, bilim va ko‘nikmalar berishi, har bir bolaning ruhiyati va xarakteridan kelib chiqib munosabatda bo‘lmog‘i lozim. “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2023” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ham tarbiyachi-pedagoglar ayni shu jihatlarni namoyon etdilar.
Tanlovda ishtirokchilar 3 ta shartni bajarishlariga to‘g‘ri keldi. Birinchi shartda ishtirokchilar tayyorlab kelgan videoroliklari orqali o‘z ish faoliyatlarini namoyon etdilar. Undan so‘ng, bilim va malakalarini sinovdan o‘tkazuvchi test sinovlarini bajarishgan bo‘lishsa, uchinchi shartda mashg‘ulot ishlanmalarini tayyorlashdi.
Har bir shart yuzasidan ishtirokchilar baholab borildi va yakuniy natijalarga ko‘ra belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun