10 ming ish o‘rni yaratib…

Date:

O‘n ming ish o‘rnini yaratish oson emas. Bu bir necha o‘n ming baravar ko‘proq oilaning ro‘zg‘orini, oilasini ana shu ish evaziga ta’minlashni anglatadi. Buning uchun katta loyihani amaliyotga tadbiq etish lozim. Bu katta sarmoya tikishni, tinimsiz mehnat va izlanishni talab etadi. Yurtimizda ana shunday ishbilarmonlarning borligi esa kishini quvontiradi. Sababi, bu voha iqtisodiyoti, aholi bandligini ta’minlash, turmushini farovonlashtirish uchun ham manfaatli-da.
Termiz tumanidagi “Indenim culuster” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, “Shuhrat” medali sohibi Sherzod Shoymardonov ana shunday tadbirkorlardan. Uning respublikamiz bo‘ylab ko‘plab ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yib, qariyb 10 ming fuqaroning bandligini ta’minlagani esa haqiqat.


Termiz tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida tadbirkor xizmat safarida bo‘lganligi sababli, uning vakili, “Zif textil” korxonasi rahbari D.Shoymardonov bilan aholining uchrashuvi tashkil etildi. Unda tadbirkor faoliyati, erishgan natijalari va kelgusidagi rejalari xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, aholi bilan muloqot davomida mahalladagi mavjud muammolar va homiylik masalalarida ham suhbat qilinib, ko‘tarilgan qator masalalarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Aholi bilan tadbirkor uchrashuvlarini muntazzam tashkil etib borish, yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatish, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun