3-o‘rin bilan Tailandga…

Date:

Sport insonni chiniqtirish bilan birga yulduzli onlarni taqdim etadi. G‘oliblik pillapoyasiga ko‘tarilib, davlat bayrog‘i eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilayotganda davlat madhiyasi yangrashi, bu jarayonda barchaning hurmat bajo keltirishi kimning ham ko‘nglini mavjlantirmaydi, g‘urur va iftixorga to‘ldirmaydi deysiz. Termiz tumanidagi 1-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Tursunali Xolnazarov ham sevimli mashg‘uloti sabab ana shunday hislarni boshidan kechiradigan bo‘ldi.
U sportning “MUAY-TAY” turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan OSIYO chempionatida ishtirok etdi. Raqiblari bilan beayov kurashib, faxrli 3-o‘rin sohibi bo‘ldi va Tailandda bo‘lib o‘tadigan musobaqada qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Hozirdan qizg‘in tayyorgarlikni boshlab yuborgan Tursunali Tailandda birinchi o‘rinni olishni maqsad qilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun