Boy-buloq g‘ori rekordni yangiladi

Date:

Eng baland cho‘qqi, eng katta orol kabi eng, eng… kabi jumlalar bilan boshlanuvchi ta’riflarni endi Surxondaryo viloyatidagi Boy-buloq g‘ori bilan ham bog‘lasak bo‘ladi. Chunki, ushbu g‘orning yanada chuqur ekani aniqlandi, ya’ni u Osiyodagi eng chuqur g‘or hisoblanadi.
Buni 2023-yil 20-avgust kuni Boy-Buloq g‘origa uyushtirilgan xalqaro speleologik ekspeditsiya orqali aniqlash mumkin bo‘ldi. Natijada ekspeditsiya Osiyoda navbatdagi rekord darajadagi chuqurlik kashf etilishi bilan yakunlandi.
Qayd qilinishicha, Vadim Loginov boshchiligidagi Rossiya, Chexiya va Tayvandan kelgan 33 nafar speleologdan iborat ekspeditsiya g‘orning chuqurligi 1517 metr, uzunligi esa 17 kilometr ekanini aniqlagan. Ammo, bu hali chegara degani emas, chunki g‘or davom etmoqda. Afsuski, ekspeditsiya muddati tugagani sababli keyingi tadqiqotlar to‘xtatilgan. Avvalgi ko‘rsatkich 1430 metr va 15,2 kilometr edi.
Boy-Buloq Boysun shahridan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bugungi kunda g‘or chuqurligi bo‘yicha dunyoda 12-o‘rinda turadi. Rekord chuqurlikka erishish uchun Boy-Buloq g‘orida kelgusi yilda ham tadqiqotlarni davom ettirish reja qilingan.

Oldingi sahifaREJA BAJARILDI
Keyingi sahifaKitob taqdimoti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun