O‘rganish ishlari olib borildi

Date:

Har qanday muammo o‘rganishlar asosida yuzaga chiqsa, uning tub ildizi topilib va tag tomiri bilan qo‘porib tashlangandan so‘nggina bartaraf etiladi. Xuddi shu ma’noda Surxondaryo viloyatida xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etishda ham ana shunday yondashilmoqda. Mahallalarda xotin-qizlar faolining “Oqila ayollar harakati” hamkorligidan tortib, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi faoliyati tub negizida ana shu maqsad yotadi.
Faqatgina doimiy nazorat mas’uliyatni oshirib, soha mutaxassislarini sergaklantiradi va vazifasiga vijdonan yondashishga undaydi. Ayni jihatlarni inobatga olgan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Termiz tumanida xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab, viloyat rahbari Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va reablitatsiyaga olingan 6 nafar xotin-qizlar bilan suhbatlashdi va ularning muammolarini tingladi. Ularga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Shundan so‘ng, “Surxon sohili” mahallasida 15 nafar faol xotin-qizlardan iborat “Oqila ayollar harakati”ning ko‘chaboshilar bilan hamkorlikda oilalardagi mavjud muammolar va oilaviy nizolarni o‘rganish, hal etish, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi. Mas’ullarga mazkur tajribani barcha mahallalarda yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandligi taʼminlandi

Hududlarda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash, ularga kasb-hunar, chet tillarini...

Yoshlar “Yashil chiroq”da musobaqalashdi

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda bolalarga ko‘cha va yo‘llarda...

“Kinokarvon”da barcha faol

Angor tumanidagi "Qoraqir" mahallasida joylashgan 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim...

Oʻzbek animatsion filmi xalqaro tanlovda gʻolib

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Abdulatif Haydarov tomonidan...
KunTun
KunTun