Ikkinchi ustozlar forumi: o‘qituvchilar bir manzilda jam

Date:

Ta’lim-tarbiyaning sifati pedagogning bilim-salohiyatiga, o‘tilajak darsga nechog‘lik tayyorlanganiga bog‘liq. Ayniqsa, pedagogik metodlardan foydalanish o‘qituvchining maqsadga yetishga, dars sifatini oshirishga xizmat qiladi. Buning uchun esa o‘qituvchi-pedagoglar o‘z ustida tinimsiz izlanishlari, o‘qib o‘rganishdan to‘xtamasliklari, tajribalarini oshirib borishlari lozim. Shu maqsadda “Sifatli ta’lim – kuchli jamiyat” shiori ostida Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan ikkinchi ustozlar forumi tashkil etildi. Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlari o‘qituvchilari qatnashdi.
Forum avvalida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari o‘qituvchilarga boshlanajak yangi o‘quv yili avvalidan omad va zafarlar tilab, sohada faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh pedagoglarni taqdirladi. Shundan so‘ng, o‘qituvchilar uchun yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish mavzusidagi treninglar tajribali trenerlar tomonidan qizg‘in tarzda olib borildi. Bu orqali pedagoglar o‘zaro tajriba almashish barobarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida yangi bilimlarga ham ega bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun