G‘oliblar uchun o‘quv kurslari

Date:

Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy-texnik ishlarga jalb etish, chekka-chekka hududlardagi iqtidorlarni-da kashf etish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovi joriy etildi. Ma’lumki, tanlovning hududiy bosqichlarida ko‘plab iqtidorli yoshlar g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etdi. Eng yaxshi g‘oyalar esa tanlov g‘olibiga aylanishga sabab bo‘ldi.
Jarayon bu bilan yakunlanmadi, balki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 2023-yilda tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi g‘oliblarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Termiz davlat universitetida 7 nafar g‘olib ishtirokchi uchun maqsadli o‘quv kurslari tashkil etildi.
O‘quv kursi davomida yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati tushuntirilib, ishtirokchilarga boshqaruv va yetakchilik qobiliyatlari hamda ijodiy va kreativ fikrlashga qaratilgan mavzular bo‘yicha tushunchalar berildi. Foydali ma’lumotlar va mavzularga oid fikr-mulohazalar, muhokamalar tarzda o‘tayotgan kurslar barchada katta taassurotlar qoldirayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun