Bandixonda ilk marotaba…

Date:

Inson a’zolarini jarrohlik amaliyoti bilan olib tashlash yoki almashtirish uchun dunyoning tibbiyot sohasi rivojlangan davlatlariga olib borish zarur edi. Yaqin-yaqindan boshlab, bunday amaliyot poytaxtda ham amalga oshiriladigan bo‘ldi. To‘g‘ri-da, bunday jiddiy jarrohlik amaliyoti barcha shart-sharoitlari mujassam bo‘lgan shifoxonalarda, tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda o‘tkazilishi lozim. Aks holda hech bir bemor o‘zini ishonib topshira olmaydi.
Bugungi kunda esa tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor sabab viloyatlarning chekka-chekka hududlarigacha zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan ta’minlanib, mutaxassislarning bilim va malakasi oshirib borilmoqda. Natijada esa yuqorida aytganimizdek jiddiy operatsiyalar uchun chet elga yoki poytaxtga borish shart emas. Har kim o‘zi yashaydigan hududda kerakli tekshiruvlardan o‘tgach, jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi mumkin. Bandixon tumanida ham zamonaviy barcha qulayliklarga ega markaziy shifoxonasida aholi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Kuni kecha tumanda viloyat ko‘p tarmoqli markaziy va tuman shifoxonasining mutaxassislari ishtirokida ilk marotaba nefrektomiya (kasallangan buyrakni olish) operatsiyasi o‘tkazildi. Ayni paytda bemor bo‘lmish “Bahoriston” mahallasida istoqomat qiluvchi Zaynura Mirzayevaning ahvoli yaxshi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun