Yana bir tibbiy muassasa ish boshladi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanining “Mehnatobod” mahallasida 3100 nafardan ziyod aholi istiqomad qiladi. Albatta, ularning ham tibbiy yordamga, muolajaaga ehtiyoji tug‘iladi. Shunday paytlarda mahalla ahli 8-9 kilometr masofa yo‘l bosib, Surxon hududiy bo‘limiga qatnashlariga to‘g‘ri keladi.
Mahalla hududida tibbiyot punktining faoliyati yo‘lga quyilishi haqidagi xabar esa mehnatobodliklarni quvontirgan edi. Qisqa vaqt ichida viloyat hokimligi va sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan tibbiy konteyner o‘rnatilib, ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va mahalla tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida tibbiyot birlashmasi xodimlari, mahalla raisi va mahalla ahli ishtirok etdi. Ushbu tibbiy punkt aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordami ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun