“Ishga marhamat”

Date:

Bu jumla har bir ishsizning ko‘ngliga umid chirog‘ini yoqib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi. To‘g‘ri-da, har bir inson jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni istaydi. O‘zi va oilasini ta’minlashni o‘ylaydi. Termiz tuman prokuraturasi tomonidan tuman Ichki ishlar hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari bilan hamkorlikda tuman Probatsiya guruhi hisobida turgan ishsiz fuqarolar uchun tashkil etilgan “Ishga marhamat” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ana shunday istakda yurgan ishsizlar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Yarmarkada tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan taklif qilingan bo‘sh ish o‘rinlariga 15 nafar probatsiya ro‘yxatidagi fuqarolar, jumladan yoshlar ishtirok etdi va ular ishga joylashtirilib, yo‘llanmalar berildi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasida aholi bandligini ta’minlash muhim o‘rin tutadi. Shu sababdan bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi, probatsiya ro‘yxatidagi fuqarolarning bandligi ta’minlanishi kelgusida ularning jinoyat ko‘chasiga kirishining oldini oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak”da kemtik bo‘lmaydi

XXI asr — bu shunchaki texnologiyalar asri emas, bu...

She’ri suvda oqqan shoir

Vohada 68 yoshli bir mashhur shoir bor edi. Iste’dodi...

“Bilim ila ko‘ngling charog‘ qilg‘ay

”Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining buyuk shoiri va mutafakkiri bo‘libgina...

“Osoyishe kam ko‘rgan mendek yana bir bormu?”

O‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk yurtdoshlarimiz ichida...
KunTun
KunTun